Jotriy yilning 25-mart kuni universitet rahbariyati hamda Talabalar dekanati hamrohligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash muhiti, mavjud shart-sharoitlar, ularning qiynayotgan muammolarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi. Talabalarning holidan shaxsan rahbarning o‘zi xabar oldi, yoshlar bilan samimiy suhbatlar olib borildi. Yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy muhiti, tartib-intizomi, dars tayyorlash xonalari hamda kutubxonalarning holati, tozalik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish holatlari ham o‘rganildi. TTJ ma’muriyatiga mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Universitet rahbari boshchiligida ijara va Talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning muammolarini o‘rganish ishlari belgilangan grafik asosida davom etadi.