Skip to main content

SamDAQU talabalar turar joylari uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2023-2024 o‘quv yilida universitet talabalar turar joylariga joylashish yuzasidan ikkinchi bosqich va unda yuqori kurs talabalarining arizalar berish jarayoni onlayn tartibda 25-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

 

Arizalar fakultet ishchi guruhlari tavsiyasini inobatga olgan holda universitet komissiyasi tomonidan 30-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi.

 

Ikkinchi va undan yuqori bosqichda tahsil olayotgan talabalar orasida nogironligi mavjud (1 va 2-guruh), chin yetim talabalar, Temir daftarda turuvchi talabalarning arizalari birinchi navbatda ko'rib chiqiladi.

 

Birinchi bosqich talabalari uchun test sinovlarining umumiy mandati chiqqach 20-avgustdan so‘ng alohida platforma ishga tushiriladi.

 

Bugungi kunda SamDAQU talabalar turar-joylari 3 ta binodan iborat bo‘lib, 1155 o‘ringa mo‘ljallangan.

 

TTJ uchun arizani onlayn yuborish

(yuqori bosqich talabalari uchun)