Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash masalasi ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi idoralar zimmasiga muhim vazifalar yuklangan. Oliy ta’lim muassasalarida ham buni bajarish bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktikasi va bu holatlarni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.
Profilaktik tadbir SamDAQU profilaktika inspektori Temur Karimov hamda Talabalar dekani Bekzod Saidov boshchiligida tashkil etildi. Davra suhbatida yoshlarga huquqbuzarliklarni oldini olish va huquqbuzarlik holatlari salbiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.