Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi tomonidan “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Atrof muhit muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi birinchi bosqich talabalariga “Samarqand suv ta’minoti” MCHJga qarashli Oqova suvlarni tozalash inshootida soha bilan tanishtiruv darslari olib borildi.
Dastlab “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ ga qarashli Oqova suvlarni tozalash inshooti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. So‘ngra tashkilotdan biriktirilgan ma’sul xodim talabalarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib, tozalash inshootining har bir bo‘limlari to‘g’risida umumiy tushunchalar berib o‘tdi.