Skip to main content

TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Xabaringiz bor Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand bo‘limi hamkorligida Arxitektura fakulteti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tomonidan 2023/2024-o‘quv yilida bajargan ishlari bo‘yicha “Kurs loyihalar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi” tashkil etilgan edi.

Arxitektura fakulteti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2023/2024-o‘quv yilida talabalar tomonidan bajarilgan “Kurs loyihalar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi”da taqdim etilgan ishlarni baholash komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, baholash mezoni talablariga asosan har bir nominatsiya bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha baholandilar va ularga universitet rahbariyati tomonidan bir martalik pul mukofotiga ega sertifikatlar hamda diplomlar topshirildi.

“Eng yaxshi klauzura” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Abdujalil Abduxamidov, 301-Landshaft dizayni guruh talabasi;

2-o‘rin: Elyor Qomatov, 301-Landshaft dizayni guruh talabasi;

3-o‘rin: Dilshodbek Reimbergenov, Shahar qurilishi va loyihalash guruh talabasi.

 “Eng yaxshi eskiz chizmalari” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Islom Zarifov, 301-Landshaft dizayni guruh talabasi;

2-o‘rin: Feruzjon Musurmonov, 301-landshaft dizayni guruh talabasi;

3-o‘rin: Manuchehr Tuxtayev, 301-landshaft dizayni guruh talabasi.

“Eng yaxshi kurs loyihalari” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Alisher Xurazov, 202-landshaft dizayni guruh talabasi;

2-o‘rin: Temur Numonov, 301-landshaft dizayni guruh talabasi;

3-o‘rin: Oybek Avg‘onov, arxitektura guruh talabasi.

“Eng yaxshi loyiha maketlari” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Shaxriyor Rahimov, 503-arxitektura guruh talabasi;

2-o‘rin: Pokiza Sarimsoqova, 401-landshaft dizayni guruh talabasi;

3-o‘rin: Ramziddin Asrorov, 403-interyer dizayni guruh talabasi.

“Eng yaxshi amaliy, ijodiy ishlar” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin: Oybek Abriyev, 401-landshaft dizayni guruh talabasi;

2-o‘rin: Odil Shodiyev, 401-landshaft dizayni guruh talabasi;

3-o‘rin: Bibixamida Xujaqulova, 301-landshaft dizayni guruh talabasi.