Skip to main content

TASHKILIY TUZILMAGA BAG‘ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida rektor Chidem Turkyilmaz raisligida tashkiliy tuzilmaga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda universitet rahbariyati tomonidan yangi tuzimasida belgilangan xalqaro standartlar asosida o‘zgargan bo‘limlar, yangi yo‘nalishlar hamda lavozimlar jamoaga tanishtirildi. Yangi o‘quv yilidan har bir xodimga yuksak ishonch va yuqori mas’uliyat bilan universitet reytingini yuqorilatish eng asosiy maqsad ekanligini ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida tashkiliy tuzilma xususida jamoani qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berib o‘tildi.