Skip to main content

SamDAQUda navbatdan tashqari yig‘ilish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida 2025-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda universitet prorektorlari, fakultetlar dekanlari va barcha kafedra mudirlari ishtirok etishdi. 

Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ta’lim eksporti va beg‘araz yordam ko‘rsatish kabi masalalar ustida tizimli ishlarni tashkil etish, haftada bir marta amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib borish yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga topshiriqlar berildi.