Skip to main content

Texas texnologiya universitetining professori tashrif buyurdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga professor Raviprakash Govind Dani tashrif buyurdi.

Texas texnologiya universiteti professori Raviprakash Govind Dani dastlab tashrif davomida Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova hamda rektor maslahatchisi Juramirza Qayumovlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik masalalari va ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.

Kelishuvlarga asosan ayni kunlarda professor Raviprakash Govind Dani tomonidan mazkur fakultetning “Arxitektura va landshaft arxitekturasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Arxitektura bionikasi” fani bo‘yicha, shuningdek fakultet professor o‘qituvchilariga ochiq ma’ruza darslari tashkil etilmoqda.

Professorning ma’ruzalari nafaqat Arxitektura fakulteti talabalari, balki Qurilish hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalarida ham zamonaviy ekologik muammolariga qaratilgan ochiq ma’ruza darslari katta qiziqish uyg‘otmoqda.