Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Atrof muhit muhandisligi kafedrasida Tojikiston Respublikasining M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti katta o‘qituvchisi Izatullozoda Faridun Isso tomonidan ilmiy ma’ruza o‘tkazildi.
Mazkur ma’ruza Atrof muhit muhandisligi va Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tashkil etilib, unda sanoat chiqindilarining atrof-muhitga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirildi.
Ma’ruza davomida talabalar zamonaviy ekologik muammolar, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari va ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish usullari bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tinglovchilar o‘z savollari bilan faol ishtirok etib, mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.