Skip to main content

Texnikumlar uchun ta’lim sifatini oshirish va metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tasarrufiga biriktirilgan 19 ta texnikum direktor va direktor o‘rinbosarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezident farmonining mazmun-mohiyati, o‘quv-uslubiy va metodik yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, texnikumlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov va talabalar bo‘limi mutaxassisi Fazilat Turdiyevalar bu jarayonlarda universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdilar.