Xabaringiz bor Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Mazkur hamkorlikdagi vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Arxitektura fanlari doktori, professor Dilshoda Sultonova Termiz muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlariga “Arxitektura tarixi va nazariyasi” fanidan ma’ruza o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotganligi haqida xabar bergan edik.
SamDAQUdan “Arxitektura tarixi va nazariyasi” maʼruza fanlarini oʻtish maqsadida maxsus taklif etilgan professor Dilshoda Sultonova aprel oyida “Arxitektura” yoʻnalishi talabalariga mavzuga doir ochiq maʼruza darslarini olib bordi. Yaʼni, interfaol metodlardan keng foydalanildi. Talabalar oʻz kasbining moxir ustasi boʻlishi uchun qanday nazariy va amaliy malakalarga ega boʻlishi lozimligi xususida oʻz mustaqil xulosalarga ega boʻldilar. Albatta. nazariy darslar amaliy darslar bilan, ayniqsa, meʼmorchilik yodgorliklariga ekskursiya qilish orqali boʻlajak yoshlar ongida yanada mustahkamlandi.
“Arxitektura tarixi va nazariyasi” maʼruzasi seminarlari davomida Surxondaryo viloyatidagi meʼmoriy-arxeologik yodgorliklarga katta ekskursiyalar tashkil etildi.