TOJIKISTONNING BIR GURUH TALABALARI SAMDAQUDA MALAKA OSHIRDILAR
“Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 416-sonli Prezident qarori imzolangan va ushbu qarorning “Yo‘l xaritasi”sida asosiy maqsadlaridan biri bu xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish etib belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 12-22-yanvar kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida joylashgan Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat delegatsiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti taklifiga binoan tashrif buyurdilar.