Skip to main content

DAVLATIMIZ RAHBARI TOMONIDAN BERILGAN TOPSHIRIQLAR IJROSI BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz raisligida Boshqaruv Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga ko‘ra “Yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqovning, “2023-yilda universitet byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida” Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Baxodirxon Safarovning, “2023-2024 o‘quv universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarlarni lavozimga tayinlash to‘g‘risida” Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimovning va “Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekovning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalardan so‘ng universitet rektori tomonidan mutassaddilarga belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish kerakligi yana bir bor ta’kidlandi va yuqoridagi masalalar bo‘yicha qo‘shimcha takliflar kiritildi.