Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini 2023/2024 o‘quv yili bitiruvchi talabalarni “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJ xorijiy korxonasi vakillari 2024-yil 27-fevralida 5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarini ishga qabul qilish bo‘yicha tashrif buyurishdilar.
Jumladan, Ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-LIU CHUN SHENG, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i-XEI YI, Pishirish bo‘limi boshlig‘i-LIU YUAN, tarjimon-Elboyev Abduraxim, “Qurilish muhandisligi” kafedrasidan Sh.Jamolov, A.Ochilov, Marketing va karyera bo‘limi boshlig‘i E.A.Haydarov, bo‘lim mutaxassisi X.Mirzayevalar ishtirok etishdilar.
Ishga qabul qilish tanlovda jami 46 nafar 5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari qatnashishdilar. Suhbatdam muvofaqqiyatli o‘tgan bitiruvchilarni rasmiy xabar orqali berishlarini ma’lum qildilar.
Marketing va karyaera bo’limi boshlig’i E.A.Haydarov