Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori, texnika fanlari doktori.
Gruntlar mexanikasi va poydevorlar qurilishi muammolari bilan shug’ullanadi: lyossli asos massivining qalinligi bo’yicha namlanish davomida namlikni taqsimlanishini va namlangan lyossli gruntlarning deformasiya xususiyatlarining o’zgarishini eksperimental va nazariy tadqiqotlar orqali o’rganish; namlangan lyossli gruntlarda joylashgan alohida turgan inshootlar poydevorlarini, shu jumladan suv minoralari, aloqa tarmog’i va elektr uzatish liniyasi tayanchlarini seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda hisoblash; murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashning amaliy masalalari. 4 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma, 6 ta monografiya, 186 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar va ishlanmalar muallifi. Jumladan, oliy o’quv yurtlari uchun darslik Tulakov E.S. “Binolarning energiya samaradorlik injeneringi”, Tulakov E.S., Mahmudov M. “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi. Qurilish fizikasi”. 1-qism. Qurilish fizikasi, 2-qism. Mayda elementlardan barpo etiladigan binolar, 3-qism. Yirik elementlardan barpo etiladigan binolar, o’quv qo’llanma Abelev M. Yu., Abeleva A.M., Tulakov E.S. «Stroitelstvo na prosadochnыx lessovыx gruntax» -M.: Izd.SMIPKS, 1982. -56s. va Monografiya. Fundamentы vodonapornыx bashen v uvlajnyayemыx lessovыx gruntax Sredney Azii. -M.: Izdatelstvo ASV, 2004. - 80s. lar muallifi.
05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar mutaxassisligi bo’yicha ikkita texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasiga rahbarlik qilgan, ular dissertasiyani 2022 yil (Inoyatov D.T) va 2023 yil (Qurbonov A.S) muvofaqqiyatli himoya qilishgan.
1954 yilda Samarqand viloyati, Xatirchi tumanida tug’ilgan. 1977 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Sanoat va fuqaro qurilishi” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1987 yilda V.V.Kuybishev nomidagi MISI (Moskva) da nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2005 yilda V.V.Kuybishev nomidagi MGSU (Moskva) da doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Institutni tugatgach, harbiy xizmat davrida, Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston hududida bir qator harbiy obyektlarni qurishga rahbarlik sifatida ishladi. Harbiy xizmatni tugatgach, Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi loyihalash va tajriba ustaxonasida (PEM) muhandis, katta muhandis, bosh mutaxassis, loyihalash bo’limi boshlig’i, bosh muhandis va ustaxona boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Hozirda Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti "Qurilish muhandisligi" kafedrasi professori lavozimida ishlaydi.