Skip to main content

Turar-joylarni loyihalash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tashkil etilganining 2 yilligi munosabati bilan Arxitektura fakulteti talabalari orasida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda turkiyalik mutaxassis, arxitektor Erhan Vural ishtirok etdi. Vural “Turar-joy binolarini loyihalash” mavzusida o‘zining Istanbul shahridagi katta turar-joy loyihalarini taqdim etdi va bu sohada ahamiyatli jihatlar haqida talabalar bilan tajriba almashdi.

Seminarda, professor, doktor Emrah Turkyilmaz rahbarligida talabalar o‘z loyihalari haqida xorijlik mutaxassis bilan fikr almashishdi. Tadbir talabalarga nafaqat yangi bilimlar, balki xalqaro tajriba olish imkonini yaratdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari yangi qurilayotgan SamDAQU binosining qurilish jarayonini ham ko‘rishdi.