Skip to main content

TURKIYA SAFARI DAVOM ETMOQDA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining delegatsiya a’zolari Turkiyaning lstanbul Kultur universitetida bo‘ldilar.

Istanbul Kultur universitetida Kasbiy ta’lim fakulteteti dekani professor Alim Kaya bilan bo‘lgan rasmiy uchrashuvda fakultet dekani tomonidan o‘quv rejalar va o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi tanishtirildi.

Shuningdek Iqtisod va boshqarish fakultetida ham o‘quv va ilmiy jarayonlar hamda universitetining o‘quv va smart auditoriyalari, buxgalteriya, laboratoriya xonalari, sport zallari va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish joylarida ekskursiya tashkil etildi.

Kunning yarmida Yildiz texnologiya universiteti Texnoparki bosh menejeri Orxan Tanishman bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushrashuv davomida texnopark faoloyati va SamDAQU bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Hamkorlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusida rejalar belgilab olindi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitet kutubxonasi faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar.