Skip to main content

TURKIYA SAFARI DAVOM ETMOQDA

Safarning ikkinchi kunida universitet rektori boshchiligidagi delegatsiya Fatix Sulton Mehmed fondi universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida “Arxitektura va dizayn” fakulteti dekani professor Ibroxim Numan delegatsiya a’zolarini qabul qilib, universitet va fakultet tarixi hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Universitetlar o‘rtasida o‘quv, ilmiy hamda madaniy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, SamDAQUda tashkil qiladigan “Yozgi maktab”larda universitet talabalarining ishtirokini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida Fatix Sulton Mexmed fondi universiteti 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda unda Fililogiya, Nafis san’at, Huquqshunoslik, Muhandislik ishi, Arxitektura va dizayn, Pedagogika, Islomilmi kabi fakultetlar faoliyat olib bormoqda.

“Arxitektura obidalari qurilish materiallarini tahlil qilish laboratoriyasi”da amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar esa delegatsiya a’zolarida juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Delegatsiyaning keyingi manzili Istambul shahrining tarixiy va go‘zal qismida joylashgan “Turkiy davlatlar tashkiloti”ning bosh ofisi bo‘ldi. U yerda delegatsiya a’zolarini tashkilot bosh kotibining o‘rinbosari Umer Kochaman qabul qildi.

Samimiy va ochiq ruhda tashkil etilgan suhbat davomida Umer Kochaman O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilayotganligi, jumladan, universitetning xalqaro tajribalar asosida transformatsiya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda boshqa oliy ta’lim muassasalariga namuna bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Bundan tashqari, SamDAQU rektori Chidem Turkyilmazning universitetni “Turkiy universitetlar ittifoqi”ga a’zo qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.