Skip to main content

TURKIYA SAFARI XUSUSIDA BATAFSIL

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bir guruh rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va doktorant tadqiqotchilaridan iborat birinchi delegatsiya a’zolari joriy yilning 27-maydan 4-iyuniga qadar xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib qaytdilar.

Safar davomida Turkiyaning Yildiz texnika universitetining (YTU) kampuslari, fakultetlari, laboratoriyalari va Texnoparki, Istanbul Kultur universiteti, Tubitakning Marmara ilmiy markazi, Gebze texnika universiteti, Istanbul shahar bosh rejalashtirish markazi “Bimtash”ga hamda Istanbul zamonaviy san’at muzeyiga tashriflar uyushtirildi.