2023-yilning 8-noyabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tashkil etilganligining 1 yilligi va universitet rektorining tashabbusi bilan talabalar uchun 6 yo‘nalishdagi bir qator tanlovlar (https://t.me/samdaqueduuz/22375)o‘tkazilgan edi.
G‘olib deb topilgan talabalar 2023/2024-o‘quv yilining yozgi ta’tili davomida Turkiyaning nufuzli oliygohlarida (bir oylik) malaka oshirishga yuborilishi ko‘zda tutilgan edi. (https://t.me/samdaqueduuz/22950)
Ayni kunlarda g‘olib deb topilgan talabalar Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda tajribali loyiha firmalarida amaliyot o‘tamoqdalar.
Universitet Axborot xizmati (https://t.me/JavlonRashidovich) hozirgi kunda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turgan Arxitektura fakultetining (https://t.me/samdaqi_arxitektura) 3-bosqich talabasi Abror Niyatov bilan bog‘landi. Abror o‘zining jamoasi yordamida “Aqlli shahar va innovatsion g‘oyalar konsepsiyasi” mavzusidagi (https://t.me/samdaqueduuz/22378) loyihalar taqdimotida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. (https://t.me/samdaqueduuz/22940)
Abror ayni kunlarda (https://t.me/NiyatovAbror)Anqara shahrida joylashgan “ND Imar” loyihalash firmasida malaka oshirmoqda. Ushbu loyihalash firmasida Abror shaharlarning bosh rejasi va Turkiyada qo‘llanilayotgan shahar arxitekturasi normativlari bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirmoqda.