Skip to main content

SAMDAQUDA TURKIYALIK MUTAXASSIS TOMONIDAN DARS MASHG‘ULOTLARI OLIB BORILMOQDA

Joriy o‘quv yilida Turkiyalik shaharsoz yetakchi mutaxassis Bushra Nur Bardakchi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti, “Shaharsozlik” kafedrasi, “Shahar qurilishi va loyihalash ta’lim yo‘nalishining 1-2-bosqich talabalariga “Planlama-1” (Rejalashtirish-1) fanidan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Yetakchi mutaxassis tomonidan talabalarga har bir o‘tiladigan mavzular bo‘yicha chuqur bilim va mavzuga doir ilmiy maqolalarni yozish tartibi, shuningdek tarixiy joylarga tashrif buyurgan holda sayyor dars mashg‘ulotlarini jonli ko‘rinishda o‘tkazish maqsad qilib olingan.