Skip to main content

Maktablarda uchrashuvlar davom etmoqda

Joriy yilning 1-may kuni 2024-2025 oʻquv yilida texnikum, akademik litsey, kasb-hunar va umumta’lim maktablari bitiruvchilarini universitetga jalb qilish maqsadida oʻtkaziladigan uchrashuvlar rejasiga asosan Samarqand shahar “Matonat” MFYda joylashgan 15-sonli maktabda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekov boshchiligida Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti dekani Ilhom Mahmatqulov, Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyisi kafedrasi mudiri Dilshod Mirzayev, Madaniy meros obyektlarini asrash kafedrasi katta o‘qituvchisi Olim Uroqov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Komil Shoimovlar targʻibot va tashviqot ishlari boʻyicha bitiruvchi oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Uchrashuvda universitet vakillari tomonidan universitet tarixi va faoliyat boʻyicha toʻliq ma’lumotlar bitiruvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha 2024-2025 oʻquv yilida ta’lim yoʻnalishlari va ularga yaratiladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda oʻquvchilning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Uchrashuv yakunida universitetning estalik sovgʻalari topshirildi.