Xabar berganimizdek Samarqand sharining Yoshlar markazida Ulfatlar ligasining yarimfinal bahslari bo‘lib o‘tdi.
Quvnoqlik va zukkolik bilan o‘tgan birinchi yarimfinal o‘yinlarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Quvnoq qizlar” jamoasi “Creativ”, “Turist”, “Urgutlik shovvozlar” va “Yangi Oʻzbegim” jamoalariga qarshi bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra birinchi yarimfinal bahsida “Quvnoq qizlar” jamoasi 1-o‘rin bilan, “Yangi O‘zbegim” jamoasi 2-o‘rin bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Ushbu liganing ikkinchi yarimfinal bahslarida “Maroqandlik bojalar” terma jamoasi esa “Iqtisodchi”, “Uylanmagan bojalar”, “Yosh dasturchilar”, “SamAGRO” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinda final bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Ikkinchi kungi bahslarda “Iqtisodchi” va “Uylanmagan bojalar” jamoalari finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchinchi kungi yarimfinal o‘yinida “Maroqand” va “Bojalar” jamoalari, finalni naqd qildilar.
Shunday qilib “Quvnoq qizlar” jamoasi final bahslarida “Yangi O‘zbegim”, “Iqtisodchi”, “Uylanmagan bojalar”, “Maroqand”, “Bojalar” hamda yuqori ball bilan final yo‘llanmasini o‘zida saqlab qolgan yettinchi jamoa, “Turist” jamoalari bilan bahslashadilar.
Qizlar tarkibidagi jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz, final bahslarida ularga omad tilaymiz!