Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “UNIVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek izidan” kvesti bo‘lib o‘tdi.
Kvest – bu jumboqlarni yechishni xush ko‘ruvchi, turli boshqotirmalar javoblarini topish, xuddi filmlardagidek jumboq javobini topib xaritalar va turli parollar orqali xazina topishni xoxlovchi talabalar uchun maxsus o‘yindir.
Unda 15 ta jamoa kun davomida jami 6 ta bosqichni bosib o‘tdilar. O‘yin jumboqlari SamDAQU hududi va butun Samarqand bo‘ylab joylashtirib chiqildi. Bir jumboq javobi jamoalarni keyingi jumboq sari olib bordi. Intellektual tafakkurga ega bo‘lgan jamoalar esa vaqtdan yutgan holda, marraga tobora yaqinlashib bordi.
Birinchi bo‘lib barcha jumboqlarni javobini topib xazinani qo‘lga kiritgan jamoa g‘olib deb topildi. Va albatta g‘olib jamoa chet el yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari faxrli 2- va 3-o‘rinni olgan jamoalar galakonsertda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.