Skip to main content

UNIVERSITET HAFTALIGI DOIRASIDA BIR QATOR TANLOVLAR BOʻLIB OʻTDI

SamDAQU rektori tashabbusi bilan 2022-yil 8-noyabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tashkil etilganligining 1 yilligi munosabati bilan 6-7 noyabr kunlari TALABALAR UCHUN 6 yo‘nalishdagi tanlovlar o‘tkazildi.

 1-YO‘NALISH: “Arxitekturada innovatsiya, yosh arxitektorlar nigohida” mavzusida arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti;

2-YO‘NALISH: “Yodgorliklarni qayta tiklash loyihasi” mavzusida arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti;

3-YO‘NALISH: “Bino va inshootlar kommunikatsiya tizimlari loyihasi” mavzusida loyihalar taqdimoti;

4-YO‘NALISH: “Aqlli shahar va innovatsion g‘oyalar konsepsiyasi” mavzusida loyihalar taqdimoti;

5-YO‘NALISH: “Universitet — ijodkor talabalar nigohida” Tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti;

6-YO‘NALISH: Talabalar orasida Xorijiy til bo‘yicha “Experience of my study at University” ya’ni “Universitetda mening o‘qish tajribam” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.