Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “YOSH VOLONTYORLAR” KLUBI TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi” doirasida “Yosh Volontyorlar” klubi taqdimotining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda tashrif buyurgan mehmonlarga klub tashkil etilgandan keyin amalga oshirilgan ishlar aks ettirilgan fotoalbomlar namoyish etildi. 

Taqdimot davomida klub faoliyati haqida klub rahbari Guliniso Murodqulova tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi, klubning maqsad va vazifalari bilan tanishtirildi. Tashrif buyurgan mehmonlardan klub logotipining ramzi bo‘lgan rangli qo‘l izlari olindi. Mehmonlar klub nomiga oʻz tilaklarini esdalik qogʻozlarida yozib qoldirdilar. Dil izhorlari orasida universitet rahbari qoldirgan tilaklarni ham o‘qishingiz mumkin.