Skip to main content

UNIVERSITET HAFTALIGI: GALAKONSERT

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetininig 1 yilligi munosabati bilan va “Universitet haftaligi” doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida ilgari xabarlar bergan edik.

Haftalik doirasida o‘tgan tanlovlarning yakuni taqdirlash marosimi va madaniy tadbir, galakonsert bilan yakunlandi.

Haftalik doirasida:

30-oktabr — Dushanba kuni sport kunlari: sportning futbol, stol tennisi hamda shaxmat va shashka turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi;

31-oktabr — Seshanba kuni sport kunlari: sportning futbol, stol tennisi hamda shaxmat va shashka turlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi;

2-noyabr — Payshanba kuni: universitetda joriy etilgan yangi o‘quv dasturlari, markazlar hamda akademik litseyning faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi;

3-noyabr — Juma kuni: universitetda olib borilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi;

4-noyabr — Shanba kuni: Talaba klublari yarmarkasi o‘tkazildi;

6-noyabr — Dushanba kuni: Talabalarning ijodiy va ilmiy ishlari tanlovi o‘tkazildi;

7-noyabr — Seshanba kuni madaniy dastur: talabalar va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi o‘tkazildi;

8-noyabr — Chorshanba kuni: Xalqaro konferensiya va haftalikning yopilishiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqalari g‘oliblari universitet rektori tomonidan haftalikning yopilish marosimida bosh sovrin egalari “Rektor kubogi” va sovrindorlar diplom hamda bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘banlantirildilar.

Shuningdek SamDAQU rektori tashabbusi bilan 2022-yil 8-noyabrda universitet maqomi berilganligining 1 yilligi munosabati bilan 6-7 noyabr kunlari TALABALAR UCHUN 6 yo‘nalishdagi tanlovlar o‘tkazildi.

Har bir yo‘nalish g‘oliblari universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz tomonidan yakuniy galakonsertda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar! Asosiy sovrin Turkiya oliygohida malaka oshirishga yo‘llanma!

Har bir 6 yo‘nalishda 1-o‘rin egasiga “Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tajriba almashish” uchun yo‘llanmalar;

Har bir 6 yo‘nalishda 2-o‘rin egasiga “Smart televizor”lar;

Har bir 6 yo‘nalishda 3-o‘rin egasiga “Elektron pech”lar taqdim etildi.

Galakonsertda nihol mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jayev, suhandon Aziz Niyazov, SamDAQUning bitiruvchi iqtidorli xonandalari Murodxon va “EuroStars” guruhi solisti Sohib, hamda Anisjon Xidirov, o‘zining yumoristik chiqishlari bilan “Maroqandlik bojalar” universitet QVZ terma jamoasi va universitetning faol ijodkor talabalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar kechaga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.