Skip to main content

UNIVERSITET KENGASHININIG NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz raisligida o‘tgan navbatdagi Kengash yig‘ilishining kun tartibiga ko‘ra quyidagi masalalar o‘rin oldi.

Dastlab Kengash yig‘ilishida bir qator ilmiy-pedagogik faoliyatida yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilarning yutuqlari e’tirof etildi. Samarali mehnatlari munosib ko‘rilib, rahbariyat va jamoa nomidan minnatdorlik izhor etildi.

Shundan so‘ng Kengash yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Baxodirxon Safarovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-416-son qarori 8-bandi asosida 2023-yil uchun ajratilgan mablag‘larni samarali sarflanishini ta’minlash va universitet xarajatlar smetasi mablag‘larini qayta rejalashtirish” to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi va muhokama qilindi.

Ikkinchi masalada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqovning “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalarni ragʻbatlantirish Kengashining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish” to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi va muhokama qilindi hamda ovozga qo‘yildi.

Keyingi masalada OTM kengashi kotibi Anvar Jo‘rayev tomonidan professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish (kafedralari kesimida) masalasi ko‘rib chiqildi.

Kengash so‘ngida turli masalalarga bag‘ishlangan ishlar muhokama etildi. Kengash a’zolari tomonidan ilmiy unvon talabgorlariga berilgan ovozlar sarhisob qilinib mas’ullar tomonidan to‘plangan ovozlarning umumiy natijasi ijobiy xulosalarga ega ekanligi e’lon qilindi.