Skip to main content

Universitetda “Aksilkorrupsiya kovorking” markazi ochildi

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandida ko‘rsatilgan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-yanvardagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” 10-bandi talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 26-iyundagi 220-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Aksilkorrupsiya kovorking” markazi o‘z faoliyatini boshladi.

 

2024-yil 26-sentyabr kuni universitet “Aksilkorrupsiya kovorking” markazining a’zolari o‘zining dastlabki yig‘ilishini o‘tkazdi.

 

Yig‘ilishda a’zolar “Aksilkorrupsiya kovorking” markazining konsepsiyasi bilan tanishtirildi. Markaz faoliyatining kelgusi rejalari kelishib olindi.

 

Shuningdek, “Aksilkorrupsiya kovorking” markazi a’zolari tarkibi qayta ko‘rib chiqildi. A’zolar tarkibiga universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimlari jalb qilindi.