Skip to main content

Yoʻl xaritasi”ning 18.4-band “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirogida Universitetda “Boʻsh ish oʻrinlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-416-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 18.4-band “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirogida Universitetda “Boʻsh ish oʻrinlar” yarmarkalarini oʻtkazish” ijrosi, Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2023-yil 7-fevraldagi № 02-PA 1/1-254-son topshiriq xati bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yagona tadbirlar kalendar rejasi”ning 25-bandi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasini tashkil etish” boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash vazifalari berilgan.

2023-yil 27-aprel kuni soat 1000 da Universitetda bitiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirning ochilish marosimida universiet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, universitet prorektorlari Murodjon Xodjabekov va Sherzod Uzokov, Davlat kadastrlar palatasi, Samarqand viloyat boshqarmasi hududlar kadastrini yuritish bo‘lim boshlig‘i Bahodir Normatov, Karyera markazi tomonidan ishga joylashgan talabalardan magistrant Sulton Babayev, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti 3-bosqich talabasi Mohichehra Ergasheva, Sirojiddin Shermamatovlar so‘zga chiqib o‘zlarining iliq tilaklari hamda muvaffaqqiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi uchrashuv tadbirini o‘tkazish bo‘yicha universitet rektorining 2023 yil 9-martdagi 56-U-sonli buyrug‘i qabul qilinib, tadbirni o‘tkazish va samaradorligini oshirish bo‘yicha institut mas’ullariga bir qator topshiriqlarni berdi.

“Karyera kuni” tadbir-uchrashuvida 150 ta korxona va tashkilotlar taklif etilib, 70 ga yaqin arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik kompaniya, korxona va tashkilotlar jami 1200 ta vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali, “O‘ZGASHKLITI” DUK Samarqand filiali, “O‘zdavyerloyiha” instituti Samarqand bo‘linmasi, Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti Samarqand filiali, “Xoliq Haydar Xolovich” MCHJ, Samarqand viloyati kamag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, “Gaz loyiha Servis” MChJ, “KADASTR GEOINNOVATION” MCHJ, UzTarnsgaz Samarqand filial, “Yashil shahar” MCHJ, “SamDARYO” MCHJ, “TerexBO” MCHJ, Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “O‘zgazloyiha” MChJ, Madaniy meros agentligi, Samarqand viloyati madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boshqarmasi, “Madaniy me’ros LITI” MChJ, “Great Finance” MCHJ,   O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Samarqand shahridagi KOICA “Kasb-hunarga o‘qitish markazi”, "Hududgaz Samarqand gaz" ta'minoti filiali, Samarqand "Suv ta'minoti" MCHJ Samarqand shahar  filiali, Samarqand viloyat "Suv ta'minoti" MCHJ kabi korxonalari bilan bir qatorda Universitetga uslubiy jihatdan biriktirilgan 14 ta kollej, texnikumlar hamda akademik litsey ham 30 ta vakant bo‘sh ish o‘rinlari va 114 nafar bitiruvchi o‘quvchilari bilan ishtirok etishdilar.

 

 Bulardan tashqari mamlakatimizda yetakchi bo‘lgan yirik xorijiy kompaniyalar ham o‘zlarining vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdilar. Jumladan: 

 

Turkiyaning O‘zguven korxonasi, Ohangaron tumanidagi “DAL HEAVY INDUSTRIES” MCHJ metal konstruksiya xorijiv korxonasi, “Qarshi Conch cement” MCHJ xorijiy korxonasi xodimlari, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan yangi uchta zamonaviy IP OOO “HENGYUAN CEMENT” xorijiy korxonasi, “Enter Engineering Pte. Ltd.” Kompaniyasi, Samarqand viloyati Urgut iqtisodiy zonadagi “SamFERRI” MCHJ  jami 120 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Universitetda taxsil olayotgan bitiruvchilar korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlar bilan tanishib, kerakli ma’lumotlarni olishdilar va OTMni bitirib, ishga kirish uchun borishlarini kelishib olishdilar.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan korxona va tashkilotlardagi jami 1200 ta vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida universitetning 936 nafar bitiruvchi talabalari ishtirok etishdilar.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida bevosita o‘zaro suhbatlar olib borilib, 177 nafarga yaqin bitiruvchialar uch tomonlama shartnomalarni (150 nafari rezyume, 27 nafar ishga joylashish) imzolashga erishdilar. Jumladan:

“Muhandislik komminikatsiyalari qurilishi va montaji”, “Bino va inshootlar qurilishi”, “Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatasiyasi” “Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish”, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar”, “Iqtisodiyot”, “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilaridan,

-Samarqand qizil yarim oy jamiyati bilan 5 nafar, Ohangaron tumanidagi “DAL HEAVY INDUSTRIES” MCHJ metal konstruksiya xorijiv korxonasi bilan 12 nafar, “ARX-IDEYA PROYEKT” MChJ bilan 2 nafar, “GEOPLAN CREATOR” MChJ bilan 1 nafar, Davlat Kadastrlar palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi bilan 7 nafar, UzTarnsgaz Samarqand filiali bilan  11 nafar, Samarqand kasbga o‘rgatish markazi bilan 1 nafar, "Sitorabonu" MChJ bilan 5 nafar, Enter Engineering kompaniyasi bilan 41 nafar, “Ta’mirloyiha” MCHJ bilan 3 nafar, “ARMAS” MCHJ bilan 10 nafar, Samarqand suv ta’minotii MCHJ bilan 8 nafar, “OOO Express Engineering” bilan 6 nafari, Urgut erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Sam FERRI” MCHJ bilan 38 nafar bitiruvchilar qiziqish bildirib, jami 150 nafar rezyume to‘ldirishgan bo‘lsalar,

- “Orient Strong Tex” MCHJ bilan 2 nafar, “SamTexno Stroy Invest” MCHJ bilan  2 nafar, “Jomboy Qurilish” MCHJ bilan 1 nafar, “SamGeodezist” MCHJ bilan 2 nafar, “Sam Geo Loyiha” MCHJ bilan 2 nafar, Davlat Kadastrlar palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi bilan 2 nafar, “Arx-Ideya Project” MCHJ bilan 2 nafar, “MD Group ADC” bilan 2 nafar, “Qo‘shchashma” fermer xo‘jaligi bilan 3 nafar, “Shaxobiddin Trans” MCHJ bilan 1 nafar, “O‘zdavyerloyiha” instituti Samarqand bo‘linmasi bilan 1 nafar, “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bilan 1 nafar, Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasi (iqtisodchi) bilan 1 nafar, “Nurafshon Bokery 77” MCHJ bilan 1 nafar, “Aminjon Nodir Omad” MCHJ  bilan 1 nafar, “Great Finance” MCHJ bilan 1 nafar, “Turon Loyiha” MCHJ bilan 1 nafar, “Omad Elita Business” MCHJ bilan 1 nafar bitiruvchilarni  (jami 27 nafar) to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarini imzolashdilar (shartnomalar ilova qilinadi).

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘yicha FOTOLAVHALAR