Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana olish masʼuliyati ularning oʻz zimmasida ekanligini atroflicha tushuntirish orqali yoshlar oʻrtasida boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, talabalarning qobiliyatlarini toʻla namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish hamda talaba va bitiruvchilarni ishga taqsimlash tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida “Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun taklif etilki.
“Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasi turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan shartnomalar tuzilishi ko‘zda tutilgani hamda bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash va talabalarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishib olish maqsadida, “Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasidan kadrlar tayyorlash va rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Baisov, qurilishga tayyorlash bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Aloviddinov, yetakchi mutaxassis M.Mardonov tashrif buyurishdi.
Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kompaniya universitetga biriktirilganligi to‘g‘risida muhokama qilishib, kompaniyaning universitetda “Smart auditoriya” sini tashkil qilish va yetakchi mutaxassislar tomonidan talabalarga MASTER-CLASlar o‘tib berish va o‘quv rejadagi fanlarni buyurtmachi taklifiga asosan shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prarektori M.U.Xodjabekov, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Ibragimov Botir Dastamovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Uzokov Sherzod Hamidovich, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i E.A.Haydarovlar qatnashishdilar.
Uchrashuv universitetning faollar zalida bo‘lib, unda 320 nafar talabalarishtirok etishdilar. Zalda o‘tirgan bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishda va shu yerning o‘zida 45 nafar bitiruvchilar rezyumi to‘ldirib kompaniya vakillariga berishdilar.