Skip to main content

UNIVERSITETIMIZDA SUMALAK SAYLI

Sumalak xalqimizning ardoqli shodiyonasi-Navro‘zning ko‘rkidir. Sumalak - yangilanish, yosharish fasli bo’lgan bahorning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir.

13-mart kuni erta tongdan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2-sonli talabalar turar joyida yotoqxona maʼmuriyati va talabalar tomonidan oʻzbek milliy taomlardan biri boʻlmish sumalak tayyorlash jarayoni boshlandi.

Unda universitet rektori Chidem Turkyilmaz ham ishtirok etdi. Rektor oʻtgan yili ushbu bayramona taom tayyorlanish jarayonida "Tez kunlarda Universitet boʻlaylik — deya niyat qilgani va bu niyat ijob boʻlganini aytib, universitetning kelgusi yillarida dunyoning top 1000 taligiga kirishini niyat qildi".

Faol talabalar jonli ijroda kuy-qoʻshiqlar kuylab atrofdagilarga xushkayfiyat bagʻishlashladi. Xullas bir soʻz bilan aytganda SamDAQUda bahoriy kayfiyat aks eta boshladi.