Skip to main content

VATANGA XIZMAT MUQADDAS BURCHDIR

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Harbiylik-sharaf, vatanga xizmat muqaddas burchdir!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaring zaxiradagi polkovnik bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Talabalar dekani Begzod Saidov kirish so‘zlari bilan ochib berib, so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaring zaxiradagi polkovnigi Odil Aminovga berdi.

Uchrashuvda polkovnik Odil Aminov hozirgi kunda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va o‘z xizmat faoliyatida o‘tkazgan xizmat kunlarini xotirladi. Yig‘ilganlarga xizmatdagi qiyinchiliklar, uning sharafi va burchi va mas’uliyati to‘g‘risida yoshlar bilan suhbatlashdi. Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.