Skip to main content

HARBIY VATANPARVARLIK FESTIVALI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi va Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Harbiy vatanparvarlik festivali” tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi boshlig‘ining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Yuldosh Xolikov so‘zga chiqdilar.

Festival davomida harbiy xizmatchilar tomonidan “Qoʻl jangi” koʻrgazmali chiqishlari va harbiy orkestrining Vatanni madh etuvchi kuylari barchaga birdek manzur boʻldi.