Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti magistrantlari bilan “Magistrantlarni ilmiy, uslubiy va vatanparvarlik saviyasini oshirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga ko‘ra mutasaddilar quyidagi masalalar bo‘yicha so‘zga chiqdilar.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev tomonidan 1-2-bosqich magistrantlarning magistrlik dissertatsiya ishlaring bajarilish holat yuzasidan tanqidiy baho berildi va mahalliy grantlarda ishtirok etish ularga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida axborot berdi.
Oliy ilm-fan maktabi koordinatori Shahobiddin Mamarasulov magistrantlarning 55-nafariga xalqaro til sertifikati ega bo‘lish talablari qo‘yilganligi va dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomati yuzasidan tanqidiy tahlil qilinib, ularga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilish so‘ngida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nataliya Leskina tomonidan barcha magistrantlarga davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash hamda ularda ishtirok etish, joriy tanlovlar va ularga ariza topshirish qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berdi.