Skip to main content

VAZIR O‘RINBOSARI SAMDAQUDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI HAMDA MAVJUD SHAROITLAR BILAN TANISHDI

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Dastlab Sarvarxon Buzrukxonov hozirgi kunda universitet kampusida yangi qurilayotgan qo‘shimcha yangi o‘quv binosi loyihasi bilan tanishdi. Universitet rektori Chidem Turkyilmaz xonim loyiha doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Vazir oʻrinbosari obyektlardagi qurilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli yakunlanishida qurilish jarayonida nafaqat rahbarlar balki jamoatchilik nazoratini ham oʻrnatish muhimligi taʼkidlab, kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi

Vazir o‘rinbosari universitet bosh binosi hududini ko‘zdan kechirar ekan dars mshg‘ulotlaridan qaytayotgan talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Ularda hozirgi kunda qiynayotgan muammolari bilan qiziqdi. Ijarada hamda talabalar turar joylarida istiqomad qiluvchi talabalarda qo‘shimcha turar-joy va yotoq joylarga ehtiyoj borligini tingladi. Talabalar turar joylarida yashash istagida bo‘lgan talabalar uchun universitet mutasaddilariga davlat xususiy-sherikchilik asosida qo‘shimcha turar-joylar barpo etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Shuningdek vazir o‘rinbosari universitetda dars mashg‘ulotlari uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Universitetda dars mashg‘ulotlaridan so‘ng “Yosh mutaxassislar markazi”da o‘z ustida ishlayotgan klub faollari bilan suhbatlashdi. Sarvarxon Buzrukxonov yosh yigit-qizlar bilan universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning qiziqishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar va klub faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarning amalga oshirayotgan loyihalari va klub faoliyatidan mamnun bo‘lgan vazir o‘rinbosari yoshlarga kelgusi ishlarida muvaffaqqiyatlar tilab, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Referendumida yoshlarni faol ishtirok etishga chorladi.