Skip to main content

VAZIR SAMDAQUGA TASHRIF BUYURDI

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov xizmat safari bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir, dastlab universitetda tashkil etilgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati bilan tanishdi. Markaz faoliyati xususida mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

Shundan so‘ng Ibrohim Abdurahmonov universitet kampusida 3000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv binoning qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Yangi zamonaviy binoda yurtimiz bunyodkorlari, bo‘lajak loyihachilari kelajakda yuqori bilim olishlari uchun eng chiroyli maskan bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek universitet kampusida joylashgan 1-sonli talabalar turar joyida olib borilgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zining zarur ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda universitet kampusida 1155 nafar talabaga mo‘ljallangan 3 ta binodan iborat talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, yana bitta yangi turar-joy binosini qurish ustida loyihalash ishlari olib borilmoqda.