Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ijarada yashovchi talabalar holidan xabar oldi.
Joriy yilning 28-mart kuni universitet rahbariyati hamda Talabalar dekanati hamrohligida ijarada yashovchi bir guruh talabalarning yashash muhiti, mavjud shart-sharoitlar, ularning qiynayotgan muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi.
Universitet rektori talabalar bilan o‘tgan uchrashuvlar davomida talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi, taklif hamda muammolarini tingladi. Shuningdek xonadon egalari bilan ham suhbatlashdi. Xonadonlarda talabalar uchun namunali yaratilgan sharoitlar uchun xonadon egalariga universitet ma’muriyati nomidan minnatdorlik bildirdi.