Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi qarorining 4-ilovasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida AQShning Florida universiteti professori va xalqaro suv eksperti Dr. John Capece tashrif buyurdi.
U avval universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda ma’muriyat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot grantlarida ishtirok etish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida Dr. John Capece universitet kichik faollar zalida “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlari va talabalariga “Iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarishda yangicha qarashlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Ushbu tashrif va seminarlar xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dr. John Capecening ma’ruza va seminarlar seriyasi davom etmoqda.