Skip to main content

YEVROPA ITTIFOQI VA ERASMUS+ DASTURI XALQARO EKSPERTLARINING TASHRIFI

2023-yil 15-16 sentabr kunlari Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarining Samarqand oliy ta’lim muassasalari kesimida klaster uchrashuvi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Klaster uchrashuv jarayonida oliy ta’lim muassasalaridagi xalqaro grant uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning hisobotlari tinglanib, xalqaro ekspertlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi.