Skip to main content

XALQARO HAMKORLIK

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining ikkinchi delagatsiya a’zolari ayni kunlarda Turkiya safarida bo‘lib turibdi.

Bir haftaga mo‘ljallangan safarning dastlabki kunida prorektorlar hamda professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lgan jamoa, universitet rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida Yildiz texnika universiteti (YTU)ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida YTU rektori professor Tamer Yilmaz hamda universitet delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi, shuningdek universitet rahbarlari ikki universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-416-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-6277864)da keltirilgan tegishli bandlar ijrosini bajarish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzoladilar.