2023-yil 18-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi OIliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamkorligida 22-aprel Butunjahon yer kuniga bagʻishlab “Yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjuman zalida SamDAQU rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayev, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Texnika fanlari doktori, dotsent Abdushukur Xamidovich Abdullaev shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Sa’dullayevich Tadjiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Anvarovich Yuldashev, “O‘zdavyerloyiha” DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Amirqulovich Turayev, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuxrat Bobomurodov, bo‘lim boshliqlari, doktorantlar Markaziy apparat studiyalaridan onlayn ishtirok etdilar.
Anjumanda Turkiya, Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa davlatlardan 30 dan ortiq soha mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda:
- yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirishni vujudga kelishi, zamonaviy holati va rivojlanish muammolari;
- yer ajratish, yer resurslaridan ratsional foydalanish, boshqarish va muhofaza qilish: muammmo, yechim va istiqbollar;
- yer tuzish, kadastr va yer monitoringi tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllashning ustuvor yoʻnalishlari;
- yerga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish va qonunchilik bazasini takomillashtirish yoʻllari;
- yer munosabatlarida bozor aktivlari va mexanizmlarini joriy etish masalalari;
- yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazishda zamonaviy texnologiyalar;
- yer axborot bazasi “YAT portal”i va davlat kadastrlari geoportalini takomillashtirish;
- davlat kadastrlari yagona tizimi va fazoviy maʻlumotlar milliy infrasturkturasini yaratish muammolari;
- yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlarini yuritishda geodezik-kartografik ishlar, masofadan zondlash, suniy yoʻldosh tizimlari, geomatika va uchuvchisiz uchish texnologiyalarini tatbiq qilish muammolari;
- yer tuzish, kadastr va yer monitoringi taʻlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari boʻyicha oliy malakali va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda mutaxassislar malakasini oshirish tizimini innovatsion rivojlantirish muammolari kabi dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Anjuman yakunida 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ularning aksariyati Turkiya, Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalari tajribasini mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida tatbiq etishga qaratilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda Rossiya va Belarussiyaning 15 ta yetakchi oliy oʻquv yurtining filiallari tashkil etilgan. Ulardan 12 tasi 2018–2022-yillarda ochilgan boʻlib, mazkur filiallarda 6 mingdan ortiq talaba tahsil oladi va 267 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Filiallarda 47 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv jarayoni olib boriladi.