Skip to main content
KONFERENSIYA

XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

Ayni damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tomonidan Samarqandning yuragi bo‘lmish Registon maydonida joylashgan “Mirzo Ulug‘bek madrasasi”da “Barqaror arxitektura – buguni va kelajagining yutuq va muammolari” mavzusida xalqaro darajadagi konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab konferensiyani kirish so‘zi bilan universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xonim ochib berdi hamda konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan, xususan Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjondan tashrif buyurgan professorlar, fan doktorlari ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettiradi, ayni damda professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ma’ruzalari bilan chiqish qilmoqdalar.