Skip to main content

XALQARO LOYIHA GRANTINING YAKUNIY TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Markaziy Osiyodagi madaniy meros obyektlariga ekologik xavflarni baholash va kamaytirish” (Environmental Risk Assessment and Mitigation on cultural heritage assets in Central Asia “ERAMCA”) xalqaro loyiha grantining yakuniy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Arxitektura va Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida grantning bosh kordinatori Fulvio Rinaudo rahbarligidagi mutaxassislar, Tojikistondan tashrif buyurgan hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari, xalqaro grant uchun mas’ul bo‘lgan universitet professor-o‘qituvchilari, fakultet talabalari, magistrantlar va doktorantlar ishtirok etdilar.

Taqdimotda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, bosh kordinator maslahatchisi Abror Gadayev O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 8-noyabrdani PQ-416-sonli qaroriga asosan universitetda tashkil qilingan markazlar haqida jumladan, “Madaniy meros obyektlarini asrash” fakulteti qoshida “ERAMCA” markazi tashkil qilinganligi, markazning maqsad va vazifalarini, unda olib borilayotgan ilmiy loyihalar naqadar dolzarbligi hamda xalqaro grantning mazmun mohiyati bilan chambarchas bog‘liqligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, xalqaro grant natijasida fakultetda tashkil qilingan “Madaniy meros obyektlarini asrash va foydalanish” magistratura mutaxassisligi talabalari o‘zlarining ilmiy mavzularining bajarilishi, ilmiy ishlarining mazmuni, dolzarbligi, ilmiy yangiliklari va amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berdilar.

Taqdimot jarayonida oliy ta’lim muassasalaridagi xalqaro grant uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglanib, xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilgan takliflarga mahalliy mutaxassislar ham o‘z fikrlarini bildirdilar.

Uchrashuvdan so‘ng xalqaro mutaxassislar fakultetlarda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar, amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlarni fikrlari bilan qiziqdilar.