Skip to main content

XALQARO OTMLAR BILAN QILINAYOTGAN ISHLAR

Joriy yil 14-mart kuni Turkiyaning Ankara Yildirim Beyazit universiteti va Mirzo Ulugbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbar xodimlari bilan birgalikda hamkorlik toʻgrisida davra suhbati bolib oʻtdi. 

Davra suhbati davomida ikki universitetning kelajakdagi ustuvor rejalar, kadrlar tayyorlash tizimini xorijiy, innovatsion oʻquv texnologiyalari yordamida yanada rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlangan, xorijiy tajribalar bilan yanada takomillashtirish  yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida ikki OTM oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasini imzolandi.

Hamkorlik doirasida oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi birgalikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar uchun AYBU bilan tegishli jamgʻarmalar koʻmagi jalb etish rejalashtirildi.