Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar kengashining 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlangan “Ilmli qiz-millat tayanchi” mavzusidagi davra suhbatlari o‘kazildi.
Xotin-qizlar kengashi raisi v.b. Shohida Yuzbayeva, fakultetlar dekan maslahatchilari Nilufar Shodmonqulova, Xosiyat Toshmatovalar tomonidan dastlab “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tabrik so‘zlari aytildi. So‘ng Respublikamizda aziz talaba-qizlarimizga yaratilgan imkoniyatlar hamda talaba-qizlarimizni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida universitet inspektori Sheroz Axmedov tomonidan ma’lumotlar berildi.
Universitet psixologi Sardor Otayorov tomonidan esa “Talaba-qizlarning ilm olish yo‘lida ruhiyatini sog‘lomlashtirish” mavzusidagi seminar-trening olib borildi.
Davra suhbati davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy hamda ijtimoiy savollariga, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldilar.