Skip to main content

VIII XALQARO TALABALAR SIMPOZIUMI BOʻLIB OʻTDI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro talabalarning keng ko‘lamli simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu simpozium tom ma’noda Innovatsion loyihalar, ishbilarmonlik va ijodiy maydonga ayland. Simpozium talabalarni Yangi O‘zbekistonning zamonaviy ishbilarmonlik muhiti bilan tanishtirish va jalb etishga hissa qo‘shdi, biznes hamjamiyatining muvaffaqiyatli vakillari bilan muloqot qilish, ilg‘or bilim va amaliy tajriba almashish imkonini berdi.

Xalqaro talabalar forumida 55 dan ortiq yetakchi mahalliy, shuningdek, yaqin va uzoq xorij universitetlari, xususan Samarqand davlat universiteti, Taraz innovatsion-gumanitar universiteti (Qozog‘iston), Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qatar universiteti, Akdeniz universiteti (Turkiya), Naxchivan davlat universiteti (Ozarbayjon), Xalqaro turizm va mehmondoʻstlik universiteti (Qozogʻiston), Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti (Ozarbayjon) va Boku Yevroosiyo universiteti (Ozarbayjon) vakillari ishtirok etdilar.

Simpoziumda ekspertlar bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan foydalanish yuzasidan fikrlar almashildi.

Xalqaro simpoziumning ochilish marosimida “Ipak yo‘li” tadqiqot akademiyasi raisi Dr. Azamat Akbarov, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi bosh konsuli Baurjan Dosmanbetov, SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Talabalar simpoziumida yirik kompaniyalar rahbarlarining chiqishlari, AQSHdan Xanna Landers va SAG kadrlar boʻyicha direktori Shaxnoza Asrorovaning ilmiy maʼruzalari alohida qiziqish uygʻotdi.

Tadbirda texnologiya, muhandislik, iqtisod, pedagogika, ichki, xorijiy va xalqaro turizm, ta’lim va tibbiyot yo‘nalishlarida biznes tadqiqotlari olib borilayotgan 55 ta oliy o‘quv yurti talabalarining jami 250 ga yaqin tematik ma’ruzalari tinglandi. Ulardan o‘n nafari “Eng yaxshi talabalar ishi” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z hisobotlarini oflayn va onlayn formatda taqdim etdilar.

Tashkilotchilarning aytishicha, qo‘shma tadbir iqtidorli va faol talaba yoshlarni biznes muhitiga jalb etishga bevosita hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan.

Simpoziumninng asosiy vazifasi butun ta’lim samaradorligini oshirish uchun yangi innovatsiyalarni izlash maqsadida mahalliy bozorning barcha ishtirokchilari – yoshlar va tadbirkorlar o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.