Skip to main content

XARKOV DAVLAT BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI PROFESSORI TASHRIF BUYURDI

Mirzo Uiug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti “Ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasiga Xarkov Davlat biotexnologiyalar universiteti “Yer resurslarini boshqarish, geodeziya va kadastr” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari doktori, professor Irina Koshkaldi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor Irina Koshkaldi fakultetning 3-bosqich “Qiymat injiniringi va koʻchmas mulk ekspertizasi” ta’lim yo‘nalish talabalari bilan uchrashdi. Talabalarga bilan Xarkov shaxridagi Davlat biotexnologiyalar universiteti haqida va unda tashkil etilgan o‘quv jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususida ma’lumotlar berib oʻtdi.

SamDAQU Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti “Ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi va DBU “Yer resurslarini boshqarish, geodeziya va kadastr” kafedrasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ham kelishib olindi.