Skip to main content

XITOYNING NANJING POLITEXNIKA INSTITUTI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Joriy yilning 22-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Nanjing politexnika instituti oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda rektor Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet rahbariyati va Nanjing politexnika instituti vakillari ishtirokida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro kelishuv prinsipiga asoslangan ushbu hujjatda ikkala tomonlarning professor-o‘qituvchilari, talabalari, akademik ma’lumotlar va materiallarni almashinuvi orqali ikkala ta’lim muassasasining tadqiqot va o‘quv jarayoni yaxshilanishiga va bunday almashinuv dasturlarining tashkil etilishi ularning olimlari va talabalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishiga ishonch bildirildi.

Tomonlar oʻzlarining tegishli akademik va taʼlim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda almashinuv dasturlarini ishlab chiqishni ragʻbatlantirishga kelishib oldilar va uchrashuv yakunida anglashuv memorandumlarini imzoladilar. Esdalik uchun foto va ramziy sovg‘alar topshirildi.