Skip to main content

SamDAQU doktoranti Nargiza Sanayeva Xitoyda amaliyot o‘tamoqda

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2024-yilda tashkil etilgan “Yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy malaka oshirishga yuborish” to‘g‘risidagi nizom doirasida universitetimiz doktoranti Nargiza Sanayeva tanlovda g‘olib bo‘ldi.

Mazkur dastur asosida Nargiza Sanayeva Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing universitetiga stajirovka o‘tash uchun yuborilgan bo‘lib, hozirda u stajirovkasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Bu tajriba nafaqat yosh olimimizning ilmiy salohiyatini oshiradi, balki universitetimizning xalqaro ilmiy hamkorliklarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.